think and write

a city with tall buildings

Pulni halol yo' bilan ko'paytirish

Pulni halol yo' bilan ko'paytirish haqida o'zim bilgancha yozdim....

Ramziddin Rustamov

11/7/20251 min read

a pile of different bank notes laying on top of each other
a pile of different bank notes laying on top of each other

Pulni ko‘paytirish haqida…

Hozir sizda ma’lum bir miqdorda pul bor. Uni mashina, uy yoki to‘yingiz uchun jamg‘arayapsiz.

Masalan, sizda 100 million so‘m bor deylik. Siz bu pulni 2–3 yil jamg‘arib, 4-yilda uy olaman desangiz, shu davr ichida pulingiz qadrsizlanadi. Bu holat inflyatsiya deyiladi.

O‘zbekistonda o‘rtacha inflyatsiya 9–10% atrofida. Shu sababli, 3–4 yil ichida siz kamida 30–40 million so‘m zarar ko‘rishingiz mumkin.

Xo‘sh, nima qilish kerak?

Pulni qadrsizlanishdan saqlashning ikkita yo‘li bor:

1. Sarmoya kiritish – o‘zingiz yaxshi bilgan sohaga investitsiya qilib, undan foyda olish.

2. Pulni ko‘paytirish – halol yoki harom (ribo) yo‘li bilan.

Ribo yo‘li orqali bu nisbatan osonroq: banklar bilan shartnoma qilasiz, va ular sizga yiliga 20–30% atrofida foyda berishadi.

Masalan, 100 million so‘m qo‘ysangiz, bir yil o‘tib 130 million so‘m qilib qaytarishadi — bu shartnomaga qarab o‘zgaradi.

Lekin halol yo‘li ham bor — islomiy investitsiya

Hozir O‘zbekistonda bir nechta islomiy banklar faoliyat yuritishi tasdiqlanyapti, hozir mavjudlari ham bor lekin hali katta emas. Ularning barchasi diniy olimlar tomonidan tasdiqlangan va hech qanday ribo aralashmaydi. Shu sababli, ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi.

Masalan, IMAN Invest kompaniyasida 100 million so‘m sarmoya qilsangiz, ular sizga 22 million so‘m foyda beradi. To’g’ri bular ham 27-30% gacha pulni qaytarishadi, usha qaytgan puldan 30% olishadi, ana usha ularning foydasi buladi.Ya’ni, bir yil oxirida jami 122 million so‘m qaytarishadi. Bu bilan siz nafaqat o‘zingizga, balki davlat iqtisodiyotiga ham hissa qo‘shasiz

Boy aka, pulni ishlatish vaqti kelmadimi, a?

Ana yo’lini o’rgatdim, endi 100 mln topsangiz bo’ldi ;

Bu kanalni nomi bugundan Ramziddin 24

ramziddin.me